Olmaliq shahrida Nexia 3 haydovchisi “peshexod”dan o‘tayotgan 50 yoshli piyodani urib yubordi. Haydovchi hodisa joyidan qochib ketgani aytilmoqda. Piyoda voqea joyida halok bo‘ldi.
Mirzo Ulug‘bek tumanida 20 yoshli yigit boshqaruvidagi Malibu 45 yoshli piyodani urib yubordi. Erkak hodisa joyida vafot etdi.
Toshkentda tartibga solinmagan o‘tish joyida avtomobil urib yuborgan yana bir piyoda halok bo‘ldi.
Bektemir tumanida yo‘l chetida to‘xtab turgan mashina bilan to‘qnashib, boshqaruvni yo‘qotgan Spark piyodani urib ketdi. 40 yoshli piyoda tan jarohati olib shifoxonada vafot etdi.
Farg‘ona shahrida Nexia yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Hodisa oqibatida jabrlanuvchi vafot etdi.
Urgutda katta tezlikda harakatlanayotgan Lacetti yo‘lning qatnov qismida ketayotgan 4 piyodani urib yubordi. Oqibatda ulardan 2 nafari shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qashqadaryoda Lacetti belgilangan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan bolani urib ketdi. Buning oqibatida bolakay vafot etdi. Haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Olmazor tumanida 43-sonli yo‘nalishdagi «ISUZU» rusumli avtobus svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtash paytida yo‘l chetiga yiqilib tushgan piyodani urib ketdi. Buning oqibatida fuqaro voqea joyida vafot etgan. Piyoda mast holatda bo‘lganligi aytilmoqda.
Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi xizmat avtomobilida piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi olgan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Uchko‘prik tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit boshqaruv vaqtida uxlab qolib, yo‘l chetida to‘xtab turgan piyodani urib yubordi. YTH natijasida 44 yoshli fuqaro shifoxonada vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting